Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.02.2018 18:20 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Eng munosiblar sardorlar safida

Fotoreportaj: Eng munosiblar sardorlar safida Samarqand shahridagi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali o‘rnatilgan maydonda Samarqand viloyati umumta’lim maktablarining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi sardorlari va «Kamalak» sardorlariga ko‘krak nishonlari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qo‘yilib, buyuk siymo xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari O.Tojiyev va viloyat kengashi raisi R.Qobilov o‘quvchi-yoshlarni tashkilotga a’zolikka qabul qilingani bilan tabrikladi. Ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

4.JPG

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘krak nishoni bizga o‘qish va sardorlik faoliyatimizni samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega, — deydi Samarqand shahridagi 3-umumta’lim maktabi sardori Shahriyor To‘xtamurodov. — Bu nishon eng avvalo, unga har tomonlama munosib va boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan xulq va o‘qishni talab qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning fanlarni puxta o‘zlashtirishi va jamoat ishlarida faol ishtirokini ta’minlashda sardorning mas’uliyatini oshiradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan davrida maktabimizning 8 nafar past o‘zlashtiruvchi o‘quvchisini alohida e’tiborga olib, faol o‘quvchilarga biriktirdik. Bu kabi ishlarni muntazam tashkil etish orqali maktabimizda ta’lim sifatini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishni maqsad qilganmiz.

3.JPG

Tadbirda har bir tuman va shahardan 18 nafardan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va «Kamalak» sardorligi ko‘krak nishoni topshirildi.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
11 301