O‘zA O`zbek

12.01.2018 15:05 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bir kuni

Fotoreportaj: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bir kuni Qumrixon Mamatxonova Farg‘ona shahridagi 15-umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq beradi. 22 yildan buyon jajji qalblarga harf tanitib, ularni bilimga oshno etib kelmoqda.

8.JPG

– Navqiron avlodning bilim olishga bo‘lgan intilishini shakllantirishda boshlang‘ich ta’lim muhim o‘rin tutadi, - deydi Q.Mamatxonova. – O‘quvchilar diqqatini darsga jalb etish maqsadida ta’lim jarayonida didaktik o‘yinlar, tezkor savol-javoblarga ko‘p murojaat qilaman. O‘quvchilarning ma’naviy dunyosi, tafakkurini yuksaltirishda muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Eng zukko kitobxon” tanlovi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

13.JPG

15.JPG

Qumrixon Mamatxonova 2017-yil “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lgan.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
23 425