Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.03.2018 09:46 Chop etish versiyasi

Folbinlarga “chuv” tushganlar oramizga kam emas

Folbinlarga chuv tushganlar orasida o‘zimizning yoki tanishimizning yaqini borligi hech birimizga sir emas. Ammo ko‘pchiligimiz ularga ishonishda hamon davom etamiz. Go‘yoki taqdirimizni ular yozadigandek.

Sodda odamlarni aldash, mol-dunyosini o‘zlashtirishni kasb qilgan, folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Qibray tumanida yashovchi, turmushga chiqmagan, endigina yigirma besh yoshni qarshilagan S.Xatamova(ism-shariflari o‘zgartirilgan) folbinlikni kasb qilib olgan. 2018-yil 16-mart kuni u Qibray tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan J.Botirovani ishonchini suste’mol qilib, taqib yurgan tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchiga taqinchoqlar omadsizlik keltirishini aytib aldagan holda jami bahosi 18 million 775 ming so‘m bo‘lgan 3 dona tilla uzuk, 2 juft tilla zirak, 1 dona tilla zanjir, shuningdek, baraka keltirishi uchun “eskicha” yo‘l bilan o‘qib beraman deb, aldab 1 million 200 ming so‘m pullarini egallab olib, o‘z extiyoji uchun ishlatib yuborgan.

J.Batirova aldanganini sezib qolib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so‘ng folbin firibgarga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA
3 937