Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.09.2017 16:13 Chop etish versiyasi

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda

Ana shunday tantanali tadbir Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham bo‘lib o‘tdi.

Institut rektori S.Yunusov va boshqalar mamlakatimizda mustaqillik yillarida oliy o‘quv yurtlarining ilmiy salohiyati va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini yuksak xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish, yoshlarning o‘zlari qiziqqan sohada o‘qib-izlanishi uchun zamonaviy sharoit yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Markaziy Osiyoda to‘qimachilik, yengil va paxta sanoati sohasi uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Institutda uch mingdan ziyod talaba o‘n bir yo‘nalish bo‘yicha bakalavriat bosqichida, o‘n besh mutaxassislik bo‘yicha magistraturada zamonaviy ta’lim standartlari asosida tahsil olmoqda. Ta’lim dargohida malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanning ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish maqsadida jahonning o‘nga yaqin mamlakatidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

Oliygohda shu kuni “Xotira darsi” o‘tkazildi. Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va mehnat faoliyati, xalqimizning tinch va farovon turmushini ta’minlash yo‘lidagi jasorati, navqiron avlodga ko‘rsatgan alohida e’tibori to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Buyuk davlat arbobi Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 559






Все о погоде - Pogoda.uz