O‘zA O`zbek

06.03.2018 17:34 Chop etish versiyasi

Fermerga Prezident avtomashina sovg‘a qildi

Fermerga Prezident avtomashina sovg‘a qildi Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Musurmon ota” fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova samarali va fidokorona mehnati uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz sovg‘asi – “Nexia-3” avtomashinasi bilan taqdirlandi.

Kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998-yilda farzandlarini yoniga olib paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda. 

2 (2).jpg 

Opa el-yurtning manfaatini ko‘zlab ishlaydigan fidoyi insonlardan. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni o‘zining burchi, deb bilishi bilan ko‘pchilikning hurmatini qozongan.

– Mening, jamoamning yurt farovonligiga qo‘shayotgan kichik ulushini katta baholagani uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman, – deydi Subiniso opa. – Bu yuksak ishonch va e’tiborni g‘ayrat bilan mehnat qilib, elimiz dasturxonini to‘kin qilishga yanada ko‘proq hissa qo‘shish bilan oqlashga harakat qilamiz.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
5 690