Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2018 12:18 Chop etish versiyasi

Fermer хўжалигини talon-taroj qilgan shovvozlar ushlandi

Keyingi paytlarda Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Zarkent-Jahongir” fermer xo‘jaligi rahbari ko‘p qatori dalasida dehqonchilik ishlarini amalga oshirayotgan edi.

Bu sa’y-harakatlar noma’lum shaxslarning e’tiborini tortdi. Shu maqsadda ular joriy yil 1 mart kuni hech kim yo‘qligidan foydalanib, fermer xo‘jaligi maydoniga taxlab qo‘yilgan bahosi 6 million 290 ming so‘m bo‘lgan 370 beton to‘sinlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni (ism-shariflar o‘zgartirilgan) hech qayerda ishlamaydigan, tumanda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan S.Burhonov va 1997-yilda tug‘ilgan A.Jamolovlar moddiy manfaat ko‘rish maqsadida sodir etganligi aniqlandi. Aybdorlar qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respblikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Daliliy ashyo sifatida beton to‘sinlar egasiga qaytarildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
4 840