Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 15:00 Chop etish versiyasi

“Femida” jamoasi g‘olib

Andijonda “Huquq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat adliya, xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol unib-o‘sishlari, iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilim va savodxonligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, o‘z navbatida ijobiy samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Tanlovda uning hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar belgilangan “huquqiy bilimdonlik”, “test sinovi”, “sahna ko‘rinishi” shartlari asosida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Andijon tumanidagi 18-umumta’lim maktabining “Femida” jamoasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Baliqchi tumanidagi 6-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatning “Adolat”, Andijon shahridagi 35-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatning “Yuristlar” jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fahriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 022