Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.03.2018 15:16 Chop etish versiyasi

Federatsiya tashabbuslaridan o‘rnak olsak bo‘ladimi?..

Federatsiya tashabbuslaridan o‘rnak olsak bo‘ladimi?.. Denovda ham shunday MTM quriladi


Bola bo‘lib bog‘chaga bormaganman, uning qanday dargoh ekanini ham bilmaganman. Aslida qishlog‘imizda biz boradigan o‘sha bog‘chaning o‘zi yo‘q edi-da. Chang ko‘chalar, loy va tuproqqa qorishib yurgan bolaligim hamon ko‘z o‘ngimda. Ota-onam ham daladan beri kelmasdi. Bu avlod qanday tarbiya topib, qanday ulg‘aymoqda, degan birgina ohang ham hech kimning qulog‘iga chalinmagan.

Hozir shaharda yashayman. Farzandimni bog‘chaga olib ketar ekanman yo‘l-yo‘lakay shular haqida xayolga cho‘mdim.

Ammo bugun ham hamma hududlarda bog‘chalar bormi? Hech kim bir-biridan kam bo‘lib ulg‘aymayaptimi? Shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutlar qisqarganmi? Nazarimizda bu savollarga baralla javob berishga iymansak kerak.

Hali ham dilbandlarini bog‘chalarga berishni orzu qilib yurgan, chekka-chekka hududlarimizga shaharlardagidek taraqqiyot kirib borishini orzu qilayotgan zamondoshlarimiz yo‘q emas.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ana shu jihatlarni inobatga olib respublikamizning janubiy tumanlaridan biri Denovda xorij tillarini o‘rgatishga ixtisoslashgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Tashabbus tuman hokimiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Endi poytaxtimizdan uzoqda joylashgan hudud bolajonlari ham joriy yil oxirigacha ochilishi rejalashtirilayotgan nodavlat MTM da ta’lim tarbiya olishadi.

Aslida ezgu tashabbusning qanoti juft bo‘ladi, deyishadi. Kim bilsin balki ertangi kuni va kelajagiga befarq qaramagan yana qaysidir davlat va nodavlat tashkilotlari ana shunday ezgu ishlarga qo‘l urar, balki...

Sherali Vahobov



O‘zA
6 867