Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 16:55 Chop etish versiyasi

Faxriylar salomatligi doimiy e’tiborda

Faxriylar salomatligi doimiy e’tiborda Buxoro shahri Ko‘ksaroy mahallasida yashovchi Oliya Ahmedova Ikkinchi jahon urushi yillarida frontda hamshiralik qilgan. Urush maydonlaridan jangchilarni olib chiqib, tibbiy yordam ko‘rsatgan.

6.jpg

7.jpg

–Davlatimiz tomonidan biz, faxriylarga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda, - deydi Oliya aya. – Ayniqsa, salomatligimizni mustahkamlashimiz uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotgani bizni quvontirmoqda. Yaqindagina viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining oshqozon-ichak kasalliklari bo‘limida davolanib chiqdim. Menga ko‘rsatilgan sifatli tibbiy muolaja samarasida o‘zimni ancha tetik va bardam his qilyapman.

Tohir Istatov (surat), O‘zA
7 310