Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 08:10 Chop etish versiyasi

Faxriylar munosib taqdirlandi

Faxriylar munosib taqdirlandi Navoiy viloyati hokimligida bir guruh nuroniy va mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillariga ko‘rsatayotgan e’zoz va ehtiromidan minnatdor ekanliklarini ta’kidladi. Prezidentimizning 2017-yil 14-iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali faoliyat yuritgan, halol mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shgan faxriylar taqdirlanishi bu boradagi e’tibor namunasi bo‘ldi.

Ilk bor berilayotgan ushbu nishonga joriy yilda Navoiy viloyatidan 41 nafar faxriy munosib ko‘rildi.

6.JPG

8.JPG

– Ko‘p yillik faoliyatimiz davomida orttirgan hayotiy tajribamiz bilan yoshlarga maslahat va o‘git berishni burchimiz, deb bilamiz, – deydi Nurota tumanidan II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Oydin Yahyoyev. – Davlatimiz rahbarining bu g‘amxo‘rligi biz, faxriylarni el-yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga, bilim va tajribamiz bilan yoshlarning fidoyi bo‘lishida ibrat ko‘rsatishga undaydi. Shunday ekan, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, barcha sohalardagi islohotlar samarasini keng targ‘ib etishda birinchi bo‘lib o‘zimiz tashabbus ko‘rsatamiz.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
3 136