Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 15:09 Chop etish versiyasi

Farg‘onada prokuratura va mahallalar hamkorligi mustahkamlanmoqda

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 7-yanvarda huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan uchrashuvda ta’kidlaganidek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligining kafolatidir. Bunda inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda tom ma’noda qaror toptirish davlat idoralari, jumladan, prokuratura organlarining ham eng muhim vazifasi bo‘layotganini alohida ta’kidlash zarur.

Qonunchilik bazasini har tomonlama mustahkamlash va qonunlarni so‘zsiz ijro etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ishonchli himoya qilinishini ta’minlashda prokuratura organlarining alohida o‘rni bor. Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zini o‘zi boshqarish organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ishlar amaliy samaralar berayotir.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalasiga bag‘ishlangan tadbirda bu alohida ta’kidlandi.

Viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi M.Abdurahmonov mamlakatimizda inson, uning qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishdek buyuk maqsadlar yo‘lidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Hamkorlikda ish olib borayotgan mahallalar, tadbirkorlik subyektlariga viloyat prokuraturasining tashakkurnomalari topshirildi.

Buvayda tumanidagi “Tepalik” mahalla fuqarolar yig‘inida keyingi yillarda barcha sohalarda ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan hududda obodonlashtirish, aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Masalan, Namuna ko‘chasida olib borilgan ishlar tuman miqyosida ommalashtirildi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida har bir xonadonga kirilib, oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhiti atroflicha o‘rganilmoqda. Keyingi yillarda bu yerda birorta ham jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilmagan.

– Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, tuman prokuraturasi bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, – deydi “Tepalik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jamila Jumaboyeva. – Har haftaning payshanbasi “Profilaktika kuni” deb e’lon qilingani ham bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hududimizda ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligidagi ishlar ham yuksak samara bermoqda. Ayni kunlarda sababsiz dars qoldirayotgan maktab yoki kollej o‘quvchisi yo‘q. Viloyat prokuraturasi tomonidan berilgan tashakkurnoma bizni yanada samarali ishlashga undaydi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 176






Все о погоде - Pogoda.uz