Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 15:47 Chop etish versiyasi

Farg‘onada “Obod yurtning baxtli qizlari” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Obod yurtning baxtli qizlari” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talaba-yoshlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini shaxsan Prezidentimiz qo‘llaridan olganimdan haligacha hayajondaman, qalbim g‘urur va iftixorga to‘lgan, – deydi Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mushtariybegim Qurbonova. – Bunday yuksak e’tiborga munosib bo‘lish katta mas’uliyat talab etishini ham yaxshi anglayman. Kelgusida faoliyatim bilan bu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan Kashtanzor ko‘chasi katta bayram maskaniga aylandi. Yoshlar saylida navqiron avlodni qo‘llab-quvvatlash, ularning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmun-mohiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Tinch-osoyishta hayotimiz, istiqlolimiz, jonajon Vatanimizni, munis ayollarni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar yangradi.

“Onajonimga sovg‘a” rasmlar tanlovi, milliy o‘yinlar namoyishi, sport musobaqalari barchada katta taassurot qoldirdi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 870






Все о погоде - Pogoda.uz