O‘zA O`zbek

21.03.2019 18:21 Chop etish versiyasi

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi


Toshpoʻlatov Farhodjon Murodovich Fargʻona viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan F.Toshpoʻlatov 2013 yildan Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda ishlagan.

photo_2019-03-21_18-23-57.jpgShuningdek, Umarov Xalimjon Komilovich Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. X.Umarov 2006-2018 yillarda Toshloq tumani hokimi, 2018 yildan shu kungacha Quva tumani hokimi vazifasida ishlagan.

M. Sulaymonov, OʻzA
1 650