Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 15:51 Chop etish versiyasi

Faol ayollar aniqlandi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan «O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli» ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, partiya markaziy kengashi hamda mahalliy kengashlari mas’ul xodimlari va faollari, madaniyat, san’at sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari U.Vafoyev va boshqalar xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, siyosiy bilim va madaniyatini oshirish, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash partiya dasturining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Partiya a’zolarining 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ular orasida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari vakillari ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Mazkur ko‘rik-tanlov mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari hamda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovning mamlakat bosqichida tuman, shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 xotin-qiz qatnashdi.

Ishtirokchilar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratish, oilaviy tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi. “Qonunlarimiz hayotimiz asosidir” deb nomlangan shartda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. “Siyosiy hozirjavoblik” shartida qatnashuvchilarning siyosiy bilimi, notiqlik mahorati baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, toshkentlik Nilufar Sobirjonova birinchi o‘rinni egalladi. Farg‘onalik Sanobar Irismatova ikkinchi, buxorolik Sohiba Fayzullayeva uchinchi o‘ringa loyiq topildi. G‘oliblarga diplom hamda sovg‘alar topshirildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
375






Все о погоде - Pogoda.uz