Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 11:47 Chop etish versiyasi

Jizzax shahrida “Eng yaxshi kitobxon patronaj hamshirasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi tomonidan viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovda 10 nafar patronaj hamshirasi ishtirok etdi.

– Mazkur tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, hamshiralar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, insonparvarlik, mehribonlik, fidoyilik kabi fazilatlarni qaror toptirish, kitobsevarligi bilan o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot hamshiralarini aniqlash va rag‘batlantirishdir, – deydi O‘zbekiston Hamshiralar assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi raisi Yolqin Tolipov – Tanlovda viloyatning barcha hududlaridagi patronaj hamshiralar faol ishtirok etdi. Bu tadbir nafaqat hamshiralar, barcha tibbiyot xodimlari o‘rtasida kitob targ‘ibotiga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar to‘rt shart bo‘yicha o‘z bilimini namoyish etgan tanlovda Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasi patronaj hamshirasi Sarvinoz Qo‘shboqova birinchi o‘rinni egalladi. G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi patronaj hamshirasi Feruza Duvlanova ikkinchi, Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi patronaj hamshirasi Latofat Xidirova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 234






Все о погоде - Pogoda.uz