O‘zA O`zbek

15.05.2018 10:55 Chop etish versiyasi

Eng uzun vaqfhujjati qaysi asrga tegishli?

Eng uzun vaqfhujjati qaysi asrga tegishli?
Bugungi kunda o‘tmishga xolisona yondashuv va haqqoniy baho berilmoqda. Shu bois ham tarixni birlamchi manbalar asosida yoritish ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, arxiv manbalari, qo‘lyozma fondlarida yurtimizga tegishli juda ko‘plab qimmatli yozma manbalar mavjud.

Ana shunday tarix bitiklarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bo‘ldik. Xabaringiz bor, yurtimizda “Vaqf” fondi tashkil etildi. Shu bois bu mavzudagi tarixiy hujjatlarga e’tibor qaratdik.

53b018d0-b188-4b94-9df1-ef6a31b0081f.jpg

- Bizda bunday hujjatlar soni bir yarim mingdan ortiq, eng eski vaqf hujjati to‘qqizinchi asrga tegishli bo‘lib, Somoniylar davriga mansub, -deydi arxiv xodimi, sharqshunosDilshod Vahobov.- Aslida vaqf mulkchiligi VII-VIII asrlarda arab xalifaligida vujudga kelib, so‘ngra boshqa musulmon mamlakatlariga tarqalgan. Tarixda eng birinchivaqf mulki sifatida payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) taraflaridan Masjid barpo etish uchun Madinadan sotib olingan yer tilga olinadi. Shundan so‘ng payg‘ambarimizning safdoshlari ham o‘z mulklarini vaqf qilish borasida tashabbus ko‘rsata boshlaganlar. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda esa eng birinchi vaqf qilingan mulk payg‘ambar Ibrohim alayhissalomga tegishli bo‘lgan.

70794085-cff7-4802-a231-8ecd07a43b54.jpg

Arxivning “Buxoro amirligi Qushbegi devonxonasi arxivi” deb nomlangan hujjatlarida amirlikdagi vaqf mulklari holati,ulardan foydalanish tartiblari, vaqf daromadlaridan ulamolarga nafaqa to‘lash haqidagi arznomalar kabi qiziqarli ma’lumotlarga ega. Shuningdek arxivning, “Vaqf yorliqlari kolleksiyasi” deb nomlanganjamg‘armasida katta hajmdagi vaqf hujjatlari jamlangan bo‘lib, ularning aksariyat qismi, ya’ni 90 foizi Buxoro amirligiga mansubdir. Qolgan 10 foizi Xiva hamda Qo‘qon xonliklariga tegishli.

Silindrlarda saqlanayotgan vaqfnomalarni qiziqish bilan ochib ko‘ramiz. Ular turli ko‘rinish va hajmda. Ba’zilari juda chiroyli ranglar bilan bezatilgan. Ba’zisi oddiy arab imlosida yozilgan. Ularni biri-biridan qanday farqi borligiga qiziqdik.

IMG_9678-.jpg

Mutaxassislarning aytishicha, mansabdor kishilar ko‘p narsalarini vaqf qilsalar uni hattotlar naqsh va chiroyli bezaklardan foydalanib, yozgan. Oddiy odamlarning vaqflariga naqsh solinmagan, yozuvlardan iborat bo‘lgan.

Xo‘sh, o‘z davrida vaqf qilinadigan mulklarqanday rasmiylashtirilgan?

Vaqf hujjatlari vaqfnomalar orqali rasmiylashtirilgan, -deydi arxiv xodimi, sharqshunosDilshod Vahobov.- Ya’ni hozirgi notarus hujjatlari kabi qonuniylashtirilgan. Vaqfnoma shariatga asosan, qozi tomonidan ikki guvoh ishtirokida tuzilgan va uning muhri bilan tasdiqlangan. O‘z mulkini vaqf qilgan shaxslar, ya’ni voqiflar vaqfnoma tasdiqlangandan keyin mazkur mulkka egaligi huquqini yo‘qotgan. Undankeladigan daromad mulk qayerga yoki kimga vaqf qilingan bo‘lsa, o‘shanga xizmat qilgan.

Biz arxivdauzunligi 88 metrlik vaqfnomani ko‘rdik. Buxoro amirligiga tegishlibu hujjatning eni 46 santimetr. Qog‘oz shu qadar sifatliki, yillar ham unga o‘z hukmini o‘tkazolmagan.

Ming yildan oldin yozilgan bu hujjatlarning shu kunlarga qanday yetib kelgani ko‘pchilik uchun qiziq albatta.

Arxiv ma’lumotlarida keltirilishicha, vaqf hujjatlari 1972 yilga qadar Petrburgda saqlangan. Bizning hujjatlar olis yurtlarda nima qilib yuribdi desangiz, Chor Rossiyasi davrida O‘zbekiston boyliklari sifatida barcha manbalar olib ketilgan. Yillar davomida bu hujjatlar kerak, nokerakka ajratilgan. Mutaxassislar o‘rganib, vaqf muhim hujjatlar qatoriga kirmasligi, ularni O‘zbekistonga qaytarish mumkinligini tavsiya etishgach, bu hujjatlar davlat arxiviga topshirilgan.

Nima ham deymiz? Bu hujjatlar bizga kerak va eng muhimi yurtimizga qaytdi. Kim biladi deysiz, ajdodlarimizning qanchadan-qancha bebaho durdona asarlari, ilmiy yutuqlari qaysi o‘lkalarda ushlab turilibdi. Eh, beshafqat tarix.

Sayyora Shoyeva, O'zA
4 948