Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2018 11:29 Chop etish versiyasi

Eng namunalilar g‘olib bo‘ldi

Guliston shahrida “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizmga qarshi kurashishda ichki ishlar organlari bilan xalqning birdamligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mazkur tanlov fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli muhofaza etish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish borasida profilaktika xizmati xodimlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribani ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tanlovda Guliston shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2-tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Sanjar Murodov g‘olib bo‘lib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 61-tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Umidjon Hotamov 2-o‘ringa, Mirzaobod tumani “Yangiyo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 182-tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Jamoliddin Hojiboyev 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, “Eng faol profilaktika inspektori”, “Eng faol mahalla posboni”, “Ibratli xotin-qizlar qo‘mitasi raisi”, “Adolatli yarashtirish komissiyasi raisi”, “Namunali yoshlar yetakchisi”, “Eng faol jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimi”, “Ichki ishlar organlari boshliqlarining eng faol yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari”, “Eng fidoyi sektor rahbari” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev so‘zga chiqdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
4 576