Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 20:33 Chop etish versiyasi

“Eng namunali oila” ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo‘limlari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 11 oila ishtirok etdi.

Bu galgi tanlov butunlay o‘zgacha, ya’ni Boyovut tumani “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Komiljon G‘aybullayevlar xonadonida tashkil etildi.

G‘oliblarni aniqlashda oila mustahkamligini ta’minlash borasidagi hayotiy tajriba, oilada ota-ona va farzandlar munosabati, ma’naviyat, kitobxonlik darajasi, milliy urf-odat va qadriyatlarimizni qay darajada bilishi, tomorqadan unumli foydalanish, farzandlarda mehnat ko‘nikmasi shakllangani, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, mahalla, jamoat ishlaridagi faollik kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratildi. Oilalar tomonidan tayyorlangan videorolikda loqaydlik, er-xotin, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shni o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, to‘y-hashamlardagi ortiqcha dabdababozlik, yoshlarning jinoyat yo‘liga kirib ketishi kabi muammoli masalalarga keng o‘rin berildi.

Sayxunobod tumanidagi Ittifoq mahallasida yashovchi Davron aka va Fazilat opa Egamberdiyevlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

– Oilaning el-yurt orasida hurmat-e’tibor qozonishi juda ko‘p omillarga bog‘liq, – deydi Fazilat Egamberdiyeva. – Avvalo, oilaviy tarbiya masalasida nihoyatda e’tiborli bo‘lish kerak. Ahillik, o‘zaro hurmat, farzand tarbiyasida yakdillik oilamizning asosiy shioridir.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
2 612






Все о погоде - Pogoda.uz