Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 17:09 Chop etish versiyasi

"Eng namunali oila" ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichida 12 oila ishtirok etdi

"Eng namunali oila" ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichida 12 oila ishtirok etdi Oilani muqaddas tutishdek xalqimizga xos olijanob fazilatlarni namoyish etuvchi, oilani ulug‘lashga, uning jamiyat hayoti va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini oshirishga qaratilgan mazkur tanlov nufuzi yildan-yilga ortmoqda.

Tanlovda oilada er-xotin, ota-ona va farzandlar munosabati, madaniy-ma’naviy qarashlar, ro‘zg‘or tutish, tomorqadan unumli foydalanish, bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzi talablariga rioya qilish, jamoat ishlaridagi faollik kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Zarbdor tumanidan Zamira va Ernazar Mamarahimovlar oilasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Oila muqaddas dargoh, uni asrab-avaylash kerak, – deydi Zamira opa. – Buning uchun avvalo oilada ishonch, o‘zaro hurmat ruhi hukmron bo‘lishi lozim. Men o‘qituvchilikdan nafaqaga chiqdim, turmush o‘rtog‘im oddiy shofyor bo‘lib ishlaydi. Ota-onaga, oilaga hurmat, obro‘-e’tibor keltiradigan bu – farzand. Binobarin, bola tarbiyasi oiladagi birinchi vazifa. Shunda oila ham, jamiyat ham tinch, el-yurt farovon bo‘ladi.

“Kitobsevar oila”, “Sportchi oila”, “Ishbilarmon oila” “Mehribon qaynona”, “Ahil oila”, “Saxovatli oila”, “Ibratli kelin”, “Fayzli oila” nominatsiyalari bo‘yicha ham sovrindorlar aniqlanib, rag‘batlantirildi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA
1 248






Все о погоде - Pogoda.uz