Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.06.2018 12:28 Chop etish versiyasi

Energetik ichimlik aqliy nuqsonlarni ham keltirib chiqaradimi?

Energetik ichimlik aqliy nuqsonlarni ham keltirib chiqaradimi?
Ko‘plab xorijiy davlatlarda bu borada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan. Jumladan, 2014 yil 6-7 noyabr kunlari Avstraliyaning Deakin universitetida (Deakin University) tashkil etilgan va tarkibida ko‘p miqdorda kofein moddasi bo‘lgan energetik ichimliklarni iste’mol qilish, uning bolalar va o‘smirlar salomatligiga salbiy ta’siri masalalarini xalqaro miqyosda o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi xalqaro konferensiya ishtirokchilari bo‘lgan olimlar, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari va voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar xulosalariga ko‘ra, quvvat beruvchi ichimliklarni doimiy ravishda iste’mol qilish voyaga yetmaganlarda yurak xurujlari, vahima, ko‘rish qobiliyati susayishi va aqliy nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi qayd etilgan. 

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi (EFSA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-29 yoshda bo‘lgan yoshlarning 70 foizi quvvat beruvchi ichimliklarni alkogol mahsulotiga qo‘shib ichishi ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu usul alkogolning o‘zidan zaharlanishdan ko‘ra xavfliroq ekan.

Avstraliyalik olimlar o‘tkazgan “O‘smirlarning quvvat beruvchi ichimliklarga nisbatan qarashlari, hissiyotlari” nomli tadqiqotlari natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlar quvvat beruvchi ichimliklar tarkibida inson salomatligiga xavf soluvchi kofein, guarana va taurin kabi moddalar mavjudligi haqida hech qanday tasavvurga ega emas. Shunga qaramasdan ular tarkibida ko‘p miqdorda kofein bo‘lgan quvvat beruvchi ichimliklarni boshqa turdagi ichimliklardan oson farqlay oladi. Aynan shuning uchun o‘smirlar uchun alkogol yoki tamaki marketingi singari bu kabi ichimliklar reklamasi ham jozibador tuyuladi, bu esa ularda mazkur mahsulotni iste’mol qilishga moyillik paydo bo‘lishiga olib keladi.

O‘zA
1 834