Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2018 18:09 Chop etish versiyasi

Elektr korxonasi xizmatchisi 19 million so‘mga yaqin noreal qarzdorlik yozdi

Andijon viloyati Andijon tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi fuqaro Vahobjonov Adhamjon Andijon tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 18746650 (O‘n sakkiz million yetti yuz qirq olti ming olti yuz ellik) so‘m noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Vahobjonov Adhamjonning arizasida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi va abonent kartasi harakat jadvaliga solishtirilganda hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha 2015-yil 5-iyundan 2018-yil 12-fevralga qadar 20623 kVt elektr energiya sarflangan va bu davr uchun jami bo‘lib 4299134 (to‘rt million ikki yuz to‘qson to‘qqiz ming bir yuz o‘ttiz to‘rt) so‘m to‘langan (aslida, 3771019 (uch million yetti yuz yetmish bir ming o‘n to‘qqiz so‘m) to‘lanishi kerak bo‘lgan). O‘rganish natijasida arizachi 567020 (besh yuz oltmish yetti ming yigirma) so‘m haqdor ekani aniqlandi.

Hisoblangan noreal qarzdorlikning qayerdan kelib chiqqanini aniqlash maqsadida federatsiyaning tuman jamiyati Andijon Elektor korxonasiga bordi. Aniqlanishicha, tuman Elektr korxonasi nazoratchisi 2017-yil 8-mart kuni ko‘rsatgichni kiritishda xatolikka yo‘l qo‘ygani va natijada iste’molchi Vahobjonov Adhamjonga ortiqcha qarzdorlik kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Andijon tuman jamiyati aralashuvi bilan fuqaro Vahobjonov Adhamjonga qo‘yilgan noreal qarzdorlik olib tashlandi va uning ortiqcha to‘lagan mablag‘i kelgusida foydalaniladigan elektr energiyasi uchun hisoblanadigan bo‘ldi.

O‘zA
4 764