Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 11:11 Chop etish versiyasi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi

Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limi tomonidan Jizzax shahar Sangzor mahallasida fuqaro R.D.ga tegishli oilaviy korxonada elektr energiyasidan g‘ayriqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi. 2014-yil 19-fevralda davlat ro‘yxatidan o‘tgan ushbu oilaviy korxona elektr ta’minoti idorasi bilan shartnoma tuzmasdan 29 million 478 ming so‘mlikdan ziyod elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilgani aniqlandi.

Qonunni buzgan tadbirkorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish ochilib, yetkazilgan zarar tergov davomida to‘liq undirildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
3 601