Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.03.2017 21:02 Chop etish versiyasi

Samarqandda muddatli harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi

Samarqandda muddatli harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qildi Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Samarqandda muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qasamyod qabul qildi.

– Harbiy xizmatni o‘tash, Vatanni himoya qilish har bir yigitning muqaddas burchidir, – deydi oddiy askar Sanjob Bo‘rixonov. – Men ham bu kunni bolaligimdan orzu qilganman. Harbiy qasamyodimga sodiq qolib, sharafli burchni munosib o‘tab, kelgusida ham hayotimni mudofaa qo‘rg‘onimizni mustahkamlashga bag‘ishlamoqchiman.

Marosimda ishtirok etgan ota-onalar farzandlarining yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdek muqaddas ishni hayotining mazmuni, deb bilayotganidan faxrlanishini ta’kidladi.

– Vatan himoyachisining onasi bo‘lish katta baxt ekan, – deydi bekobodlik Mohigul Rasulova. – Buni o‘g‘limni harbiylar safida ko‘rib angladim. Nima uchun askar onalari ko‘ziga yosh olishini ham tushundim. Qalbingdagi cheksiz g‘urur, iftixordan o‘zingga sig‘may qolarkansan kishi.

Harbiy orkestr va taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 429






Все о погоде - Pogoda.uz