Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 11:15 Chop etish versiyasi

Ekspeditsiya: yoshlar uch kun Orolbo‘yida yashaydi

17-20-sentabr kunlari yosh olim, gid-ekskursovod, fotosuratchi, bloger va jurnalistlar Orolbo‘yi hududida istiqomat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorlikda yoshlar ilmiy ekspeditsiyasi o‘tkaziladi. Ekspeditsiyaning 25 a’zosi uch kecha-kunduz davomida Orolbo‘yi hududida istiqomat qilib, haqiqiy holat bilan yaqindan tanishadi.

Ekspeditsiya davomida ishtirokchilar yosh olimlar (ekolog, shifokor, geolog, biolog), gid-ekskursovodlar, yosh jurnalist va blogerlar guruhlariga bo‘lingan holda tegishli vazifalarni amalga oshiradilar. Yakunda har bir guruh tomonidan kelgusida hudud rivoji uchun xizmat qiladigan loyiha yoki mahsulot taqdim etiladi. Har bir guruhga tajribali ekspert hamrohlik qiladi.

Loyiha Orol fojiasining bugungi kundagi holatiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, biologiya, geologiya, ekologiya yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan. Shuningdek, ekspeditsiya orqali hududga turistlar oqimi, ayniqsa, yoshlar va ekstremal turizm yo‘nalishlarida xorijlik mehmonlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish singari tadbirlar belgilangan.

Toshkent shahrida ekspeditsiya natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Behzod Bozorov, O‘zA
1 015






Все о погоде - Pogoda.uz