Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2017 19:31 Chop etish versiyasi

Ekologiya – bolalar nigohida

Ekologiya – bolalar nigohida Navoiyda “Ekologiya – bolalar nigohida” ekofestivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 200 ga yaqin o‘g‘il-qiz tasviriy san’at, multimedia, chiqindilardan oqilona foydalanish va foto yo‘nalishidagi ijodiy ishlari bilan qatnashdi.

Marjona Qahhorova, Mashhura Tohirova, Shohjahon Shavkatov va Asal Ziyodullayeva ekofestivalning mamlakat bosqichida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada o‘quvchi-yoshlarning tabiat manzaralari, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid ijod namunalari namoyish etildi.

Siroj Aslonov (surat), O‘zA
3 104






Все о погоде - Pogoda.uz