Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2018 14:08 Chop etish versiyasi

Ekobozor haqida eshitganmisiz? U Toshkentda ochildi

Bugun Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida zamonaviy ekobozor foydalanishga topshirildi.

Bu yerda fermer, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotish imkoniga ega. Bozor haftaning barcha kunlarida tunu kun ishlaydi. Xususan, har kuni 6:00 dan 23:00 gacha mahsulotlarning aholi uchun chakana savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Tungi soat 12:00 dan tonggi 6.00 gacha esa ulgurji savdolar bo‘lib o‘tadi.

Ekobozorda 400 dan ortiq rastalar mavjud. Bu yerda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, maishiy kimyo mahsulotlari savdosi yo‘lga quyiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida oshxona, novvoyxona, dorixona, mini-bank faoliyati tashkil etilgan.

O'zA
5 180