Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.10.2017 16:06 Chop etish versiyasi

Ehtiyojmand oilalarga kitoblar tarqatildi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlarida “Oilalarga – ma’rifat ulashib” shiori ostida kitob targ‘iboti aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbir Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, viloyat va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Aksiya doirasida O‘rta Chirchiq tumanidagi 10 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga turli adabiyotlar tarqatildi. Tumandagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan Ra’no Maqsuddinovaning to‘rt farzandiga ham “O‘zdavkitobsavdota’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ajratilgan badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

– Aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishda hududlarda yozuvchi-shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalari tashkil etish, milliy va jahon adabiyotining mumtoz namunalarini targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari M.Nazarov. – Xususan, ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tizimli ravishda tashkil etish, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati, mutolaa ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Homiy tashkilotlar tomonidan Ohangaron tumanida kam ta’minlangan oilalarning 130 nafar farzandiga va imkoniyati cheklangan bolalarga 600 nusxadan ortiq kitob tarqatildi.

Tadbir doirasida homiylar tashabbusi bilan hududdagi Oybek nomidagi kutubxonaga 6 million so‘mlik turli o‘quv adabiyotlari, badiiy, ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi. 

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 735






Все о погоде - Pogoda.uz