O‘zA O`zbek

13.06.2018 12:33 Chop etish versiyasi

Ehtiyojmand 7 oila uy va tikuv mashinasi bilan ta’minlandi

Muborak Ramazon hayiti arafasida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yangi turar joylar foydalanishga topshirildi. Bu uylarga kam ta’minlangan 7 oila ko‘chib o‘tdi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tgan yili mehnatga qisman layoqati bo‘lgan, ijtimoy himoyaga muhtoj fuqarolardan 2 nafari uy-joy va tikuv mashinasi bilan ta’minlangan edi. Bu yil 10 nafar shunday oilani uy va ish bilan bilan ta’minlash rajalashtirilgan.

Muborak Ramazon hayiti arafasida barcha qulayliklar muhayyo etilgan yangi uylarga ega bo‘lgan ehtiyojmand 7 oilaga tikuv mashinasi ham berildi, ish bilanta’minlandi.

– O‘g‘lim bilan otamning uyida 10 jon yashab kelayotgan edik, – deydi yangi uylardan biriga ko‘chgan Xayrinso O‘tanova. – Davlatimizning biz kabi oilalarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi tufayli o‘z uyimizga ega bo‘ldik. Buning ustiga tikuv mashinasi berib, ish bilan ta’minlashdi. Bu katta baxt ekanini mendek uyga muhtoj, boshini qayerga urishni bilmay ishsiz yurganlargina his etadi. Barchasi uchun mingdan-ming rahmat. Qutlug‘ Ramazon kunlari davlatimizga, Prezidentimizga cheksiz minnatdorligimni bildiraman. Ilohim, yurtimiz tinch, bunday ezgu ishga bosh qo‘shgan barcha insonlar omon bo‘lsin.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2017 yili ehtiyojmand oilalardan 25 tasi uy va ish bilan ta’minlangan edi. Joriy yilda 150 ehtiyojmand oila yangi uyga ko‘chib o‘tadi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
2 491