Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 12:12 Chop etish versiyasi

E’zoz va ehtirom

9-may – Xotira va qadrlash kuni

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirga Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiy sohada uzoq yillar faoliyat ko‘rsatgan mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif etildi.

Yurtimizda inson qadr-qimmati hamisha ulug‘lanadi, keksalarga hurmat-e’tibor ko‘rsatiladi. Tadbirda xalqimizga xos milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mentalitetimizga xos jihatlar yaqqol namoyon bo‘ldi.

Bayram tadbirida Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari ashula va raqs ansambli tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Yoshi ulug‘larga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barno Meliqulova, O‘zA
1 852