Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 16:44 Chop etish versiyasi

E’zoz-ehtirom og‘ushida

E’zoz-ehtirom og‘ushida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilda 72 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi imtiyozli ravishda haj ziyoratini amalga oshirib qaytdi.

Namangan tumani Xonobod qishlog‘ida yashovchi 93 yoshli Abdusalom ota Rahmonov ushbu ehtiromga sazovor bo‘lgan nuroniylardan.

– Yaratganga shukr, muborak haj amalini bajarish nasib etdi, – deydi Abdusalom ota. – Ziyorat davomida biz, nuroniylar uchun barcha qulayliklar yaratildi. Salomatligimiz muhofaza ostida bo‘ldi. Muborak safardan e’zoz-ehtirom bilan kutib olishdi. Bu ezgu amallarning rahnamosi bo‘lgan davlatimiz rahbaridan minnatdormiz.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 091






Все о погоде - Pogoda.uz