Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 17:30 Chop etish versiyasi

E’tibordan dillar shod

E’tibordan dillar shod Farg‘ona shahar Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahallada yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 90 yoshli Gilmuddin ota Husainovning fayzli xonadoni bugun har qachongidan gavjum. Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar otaxonni bayram bilan qutlashga kelgan.

E’zoz va e’tibordan, yo‘qlab keluvchilar diydoridan otaxonning qalbi quvonchga to‘ldi:

–Prezidentimiz rahnamoligida biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan alohida g‘amxo‘rlik belimga kuch, ko‘zimga nur, yoshimga yosh qo‘shmoqda, – deydi Gilmuddin ota. – Bugungi dorilomon kunlarni qadriga yetish, tinchligimizni asrab-avaylash har bir yurtdoshimizning burchidir.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
1 149






Все о погоде - Pogoda.uz