Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.07.2018 11:09 Chop etish versiyasi

Dunyodagi eng go‘zal metrolar ro‘yxatida “A.Navoiy” metro bekati ham bor

Dunyodagi eng go‘zal metrolar ro‘yxatida “A.Navoiy” metro bekati ham bor
Toshkent metropolitenining A.Navoiy metro bekatidan fotoreportaj

Noyob va betakror me’morchilik san’atini o‘zida jamlagan Toshkent metropolitenining A.Navoiy metro bekati 1984 yilning 8 dekabr kuni ishga tushirilgan.

6.JPG

Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekati dunyodagi eng go‘zal metro bekatlari qatorida sanaladi. Bu ro‘yxatda Moskva, Neapol, Vashington, Kiyev, Gaosyun, Praga, Myunxen, Sankt-Peterburg, Monreal, Stokgolm kabi shaharlarda joylashgan metro bekatlari ham joy olgan.

8.JPG

Alisher Navoiy metrosidagi noyob milliy arxitektura namunalaridan zavqlangan mutaxassislar mazkur bekatni “Insonlar qalbiga o‘zgacha go‘zallik va tuyg‘u olib kiruvchi metro”, deya ta’rif berishgan.  

9.JPG

Eslatib o‘tamiz, joriy 2018 yilning 1 iyun kunidan Toshkent metropolitenida suratga tushishga va videoga olishga rasman ruxsat berilgan.

10.JPG

11.JPG

12.JPG

16.JPG

5.JPG

7.JPG

Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
3 127