Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.03.2017 18:28 Chop etish versiyasi

Dolzarb vazifalar muhokamasi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini o‘rganish va uning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

– Harakatlar strategiyasidan o‘rin olgan pensionerlar, nogironlar, yolg‘iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to‘laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari bilan ta’minlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik kechiktirib bo‘lmas vazifa sanaladi, – deydi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muqaddas Rahmatullayeva. – Biz xalq orasida yurib, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni joyida hal etishga, aholi bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilmoqdamiz.

Seminarda partiya saylovoldi dasturida belgilangan dolzarb masalalarni bajarish, partiya a’zolari faolligini oshirish, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi tomonidan davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hisobotlarini eshitish mexanizmlari va huquqiy asoslari xususida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbirda joylardagi partiya tashkilotlari va deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida elektorat manfaatlarini o‘rganish guruhlarini tashkil etish, ular tomonidan har bir hudud bo‘yicha aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganib, ma’lumotlar bazasini yaratish, partiya va fraksiya veb-saytida partiya elektorati vakillari bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari yuzasidan o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Azima Qiyosova, O‘zA
1 700






Все о погоде - Pogoda.uz