Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.05.2018 14:05 Chop etish versiyasi

“Do‘stlik” bog‘ida bayram tadbiri

Poytaxtimizdagi “Do‘stlik” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi.

Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida turli uchrashuvlar, konsert dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Yoshi ulug‘larga alohida izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, urush qatnashchilari hamda front orti mehnat faxriylarini bayram bilan tabriklab, xalqimiz osoyishtaligi va mustaqilligimiz yo‘lida jon fido qilgan faxriylarning yuksak fazilatlari, matonatga yo‘g‘rilgan hayoti barcha uchun ibrat bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

“Xotira abadiy, qadr muqaddas” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda respublikamizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Nurillo Nasriyev,O‘zA
2 254