Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.03.2017 18:18 Chop etish versiyasi

Deputatlar faolligi – davr talabi

Piskent tumanida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy hamda Toshkent viloyati kengashlari tomonidan doimiy elektorat manfaatlariga aloqador ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishiga ta’sir ko‘rsatishda siyosiy partiyalar, ularning deputatlik birlashmalari huquq va vakolatlarini yanada oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Mahalliy Kengashlardagi partiya a’zolari, partiyaning markaziy, viloyat va tuman kengashlari vakillari ishtirok etgan seminarda mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, aholining siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bunda siyosiy partiyalar, ularning quyi bo‘g‘inlari va deputatlik guruhlarining o‘rni katta. Binobarin, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari faolligini muntazam oshirib borishni davrning o‘zi talab etmoqda.

Mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida “Mamlakatimizda siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish” bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, partiya mahalliy kengashlari va deputatlik guruhlari a’zolarining faolligini yanada yuksaltirish, huquqiy bilim va malakasini oshirish, elektorat manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha takliflar kiritish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish, ularning monitoringini olib borish ishlarini takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratdi. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishning samarali mexanizmlaridan foydalanish masalalari haqida so‘z bordi.

– Aholini o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish, ularga yechim topishda deputatlik so‘rovi institutidan keng foydalanilmoqda, – deydi partiya viloyat kengashi raisi M.Darxonov. – Joriy yilning o‘tgan davrida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari tomonidan 84 deputatlik so‘rovi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi. Shundan 37 tasi qonun va qarorlar ijrosi, 47 tasi fuqarolar murojaatlari yuzasidandir. Shu bilan birga, partiyaning 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan amaliy harakat dasturining 2017-yilgi ustuvor vazifalari ijrosi, hududlarda yechimini kutayotgan muammolar, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish mexanizmlari tahlil qilinib, kengashlar doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida muhokama etilmoqda.

Seminarda deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik muammo va masalalarni o‘rganish, vaziyatni oldindan prognozlash, samarali tahlil qilishda xalq vakillari oldida turgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Ikrom Avvalboyev, O‘zA
411






Все о погоде - Pogoda.uz