Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.01.2018 13:44 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Denovda 8 tonna osh tayyor bo‘ldi

Fotoreportaj: Denovda 8 tonna osh tayyor bo‘ldi
Denov tumanida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram oshini tayyorlash uchun 46 nafar oshpaz tuni bilan mehnat qilib, xalqimizga xos ahillik, pazandalik va bag‘rikenglik fazilatlarini keng namoyon etdi. 

Toshkent shahridan olib kelingan 8.8 tonnalik ulkan qozonda damlangan palovxonto‘ra tushga yaqin keng jamaotchilik ishtirokida harbiy qism askarlari, muruvvat uyi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari, bemorlar, nogironlar va ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Bayram palovidan Surxondaryo viloyatining turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar ham bahramand bo‘ldi.

– Xalqimizda ko‘pning oshi shirin bo‘ladi, degan gap bejiz aytilmagan, – deydi oltinsoylik Umid Normamatov. – Denovda sakkiz tonnalik qozonda bayram oshi tayyorlanayotganini eshitib, kelgan edik. Uning damlanishini miriqib tomosha qildik. Osh pishgach, ta’mini totib ko‘rdik. Mazasi og‘izda qoladigan juda shirin palov bo‘libdi. Barchaga o‘ziga xos bayram zavqini ulashgan homiylar va qo‘li shirin oshpazlar baraka topishsin. Umrlari uzoq bo‘lsin. Yurtimizdagi tinchlik va to‘kinlikka ilohim, ko‘z tegmasin.










Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
6 491