Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 14:02 Chop etish versiyasi

Demokratik jamiyat asosi

Jizzax viloyatining Forish tumanida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – demokratik jamiyat qurishning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiyadan saylangan deputatlar, faxriylar, partiya “Yoshlar qanoti” yetakchilari, huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizda istiqomat qilayotgan millati, dini, tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolar huquqlarini mustahkam himoya qilishni ta’minlash kafolatini beruvchi asosiy huquqiy hujjat ekani ta’kidlandi.

– Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida Bosh qomusimiz mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish partiya tuman kengashi ma’naviy-ma’rifiy ishlarining asosiy yo‘nalishidir, – deydi partiya tuman kengashi raisi N.Irisova. – Bugungi tadbirda ham turli sohada mehnat qilayotgan yoshlar ishtirok etdi. Ma’ruzalarda Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi, shu bilan birga, o‘ziga xos jihatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda partiyaning faol a’zolariga esdalik sovg‘alari hamda partiya safiga qo‘shilgan fuqarolarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
671






Все о погоде - Pogoda.uz