O‘zA O`zbek

10.08.2018 21:04 Chop etish versiyasi

Davolashdan ko‘ra oldini olgan afzal

Davolashdan ko‘ra oldini olgan afzal Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagitashkilotlararo ekspert komissiyasi tomonidan bezgak, sil, OIV kabi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish sohasida davlat va nodavlat tashkilotlar olib borayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, moliya, mehnat boshqarmalari, OITSga qarshi kurashish, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari vakillari ishtirok etgan tadbirda OIVga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari muhokama etildi.

Jizzax shahrida OITS markazi, viloyat hududida 5 ta tumanlararolaboratoriya, barcha tumanlarda “Ishonch xonasi” faoliyat ko‘rsatayotir.

– Yil sayin ko‘payib borayotgan bu kasallikning oldini olish borasidagi ishlar faqat OITSga qarshi kurashmarkazi faoliyati bilan cheklanmaydi, – deydi viloyat OITS markazi bosh vrachi Nilufar Asqarova. – Binobarin, xastalik tarqalishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha xotin-qizlar qo‘mitasi, tibbiyot, ma’naviy targ‘ibot muassasalari, jamoat tashkilotlari hamkorlikda ish olib bormoqda. Markaz tomonidan turli yoshdagi fuqarolarga ushbu kasallik to‘g‘risida keng ma’lumot berish maqsadida veb-sayt yaratildi. Jizzax-aids.uz saytida foydalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishlari mumkin.

Shuningdek, tadbirda sil kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, bu xastalikni davolash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Seminarda viloyatda sil, bezgak, OITS kabi kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qancha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat) O‘zA
2 353