O‘zA O`zbek

03.04.2018 08:00 Chop etish versiyasi

Davlat dasturidagi qurilishlarda kimlar ishtirok etadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 2-aprelida qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoniga asosan qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.

Endi yurtimizdagi barcha tadbirkorlik subyektlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida ishtirok eta oladi. Buning uchun ularga tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish bo‘yicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi berildi.

O‘zA
3 136