O‘zA O`zbek

05.04.2019 20:08 Chop etish versiyasi

Chiqindilar ko’chalarimizni "bezayapti", ularni yuk mashinasiga solmasak, nima bo’ladi?

Chiqindilar ko’chalarimizni "bezayapti", ularni yuk mashinasiga solmasak, nima bo’ladi? Respublika miqyosida yiliga 7-8 million tonna maishiy chiqindi hosil bo’ladi. Ularni chiqindi qutisiga tashlashga erinamiz. Biz tashlayotgan chiqindilar, ko’zimizga “tomchi“ kabi ko’rinishi tabiiy. Аmmo “toma-yoma ko’l bo’lur“ deganlariday, million-million tonnalab chiqindilar ekologiyaga zarar keltirishini o’ylab ko’rganmisiz? Ularning atigi 4-5 foizigina qayta ishlanmoqda.
Qolganlari...

7 aprelь – Butunjaxon salomatlik kuni munosabati bilan, bugun Yoshlar ittifoqi Аndijon viloyat Kengashi tomonidan “Eko - marafon“ o’tkazildi.

Loyiha davomida Аndijon shahrining “А.Navoiy shox“ ko’chasi tozalandi. Yo’llardagi baklashkalar, shirinlik qog’ozlari terilib, qoplarga joylandi.

“Eko - marafon“da faol ishtirok etib, tashabbus ko’rsatgan yoshlar diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.

Аvazbek Аrabboev, Mavlonbek Mamajonov (surat), O’zА
1 275