Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 17:32 Chop etish versiyasi

Chegarachilar aholi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari mas’ul xodimlari “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatidagi chegaraoldi mahallalarida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Muzrabot tumanida bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, ta’lim muassasalari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan muloqotda Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, sarhadlarimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Joylarda xalq bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar chuqur o‘rganilayotgani fuqarolar tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini tubdan yaxshilash, jamiyatimizda tinch va osuda hayotni mustahkamlashga xizmat qilayotir.

Mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, Qurolli Kuchlarimizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan majburiyatlar, chegaraoldi hududlarida xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish tartib-taomillari va fuqarolarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

– Mahallamizda 3 mingdan ziyod aholi ahil va farovon turmush kechirmoqda, – deydi At-Termiziy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Nurmahmatov. – Hududda faoliyat yuritayotgan 50 ga yaqin tadbirkorlik subyekti, 15 fermer xo‘jaligi mahallamiz obodligi va oilalar to‘kinligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylangan. Uchrashuvda chegaraoldi hududlarida xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish tartibi to‘g‘risida yetarli ma’lumot berilib, aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalar o‘z yechimini topganidan mamnun bo‘ldik.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
1 709






Все о погоде - Pogoda.uz