Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.01.2018 08:10 Chop etish versiyasi

Buxoroning qadimiy Talipoch darvozasi nega qarovsiz?

Buxoroning qadimiy Talipoch darvozasi nega qarovsiz? Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda Buxoroning 12 darvozasi bo‘lgan. Ulardan biri Talipoch darvozasi 1557-1598 yillarda Abdullaxon II tomonidan qurilgan bo‘lib, Chorbakr, Jondor, Xorazm orqali Buyuk ipak yo‘lining shimoli-g‘arbiy tomoniga olib chiqqan. Darvoza 1960 yilda usta Aminjon Salomov va 2005-yilda me’mor Tuyg‘un Boboyev tomonidan qayta ta’mirlangan.

19.JPG

36.JPG

14.JPG

1.JPG

2.JPG

7.JPG

9.JPG

19.JPG

38.JPG

37.JPG

4.JPG

Ajdodlarimizdan meros tarixiy-madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda ushbu qadimiy obyekt negadir qorovsizlikdan xaroba holga kelib qolgan, atrofi chiqindi bilan to‘lgan. Moziydan so‘zlovchi ushbu yodgorlik nahotki mutasaddilar e’tiboridan chetda bo‘lsa?

Tohir Istatov (surat), O‘zA
16 607