O‘zA O`zbek

03.03.2018 08:33 Chop etish versiyasi

Buxorolik kulol

Buxorolik kulol O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandlik tarixi davlat muzeyida kulol G‘ayrat Jo‘rayevning «Ajdodlar merosi davomchilari» nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va yutuqlarini rag‘batlantirish, faoliyatini yanada rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 

21.JPG

G‘.Jo‘rayev Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Yosh kulol ko‘plab milliy va xalqaro ko‘rik-tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, bir nechta medal va diplomlar bilan taqdirlangan.

Ko‘rgazmada yosh ijodkorning ellikka yaqin asari namoyish etilmoqda. «O‘yma naqsh», «Buyuk ipak yo‘li», «Yurakdagi Buxoro», «Ajdar», «Etti go‘zalning biri», «Hayot daraxti», «Tandir sotayotgan bobo» hamda «Temuriyzoda» kabi panno, ko‘za, lagan va haykalchalar shular jumlasidan. 

25.JPG

Shuningdek, tadbir doirasida G‘.Jo‘rayev tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji o‘quvchilari liboslar, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda Toshkent davlat san’at va madaniyat instituti talabalari konsert dasturini namoyish qildi.

Gulnoza Boboyeva, Temur Mamadaminov (surat) O‘zA
11 811