Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 19:27 Chop etish versiyasi

Buxoro shahrida 252 xonadonga mo‘ljallangan yetti qavatli 6 ta zamonaviy uy foydalanishga topshirildi

Buxoro shahrida 252 xonadonga mo‘ljallangan yetti qavatli 6 ta zamonaviy uy foydalanishga topshirildi Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida 252 xonadonga mo‘ljallangan yetti qavatli 6 ta zamonaviy uy foydalanishga topshirildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi aholi ehtiyojlarini ta’minlash, turmush sharoitini yanada yaxshilash ekani alohida ta’kidlandi.

1.jpg

– Quvonchim ichimga sig‘may ketyapti, – deydi xonadon sohibalaridan biri, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Muhayyo Sodiqova. – Ancha yillardan buyon oilamiz bilan ijarada yashab kelar edik. Uy xarid qilishga qurbimiz yetmaydi. Shahar hokimi rahbarligidagi hududiy komissiyaga ijtimoiy yordamga hamda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga beriladigan arzon uy olish uchun ariza bilan murojaat qilgan edim. Mana, bir yil o‘tar-o‘tmas orzuimizga yetdik. Uy narxining 25 foizlik boshlang‘ich badalini to‘lab, Konstitutsiya bayrami arafasida uch xonali uyga ega bo‘ldik. To‘lovning qolgan qismini imtiyozli asoslarda 20 yil davomida to‘laymiz.

8.jpg

Namunaviy loyiha asosida qurilgan uylarda farovon yashash uchun barcha qulaylik mavjud. Har bir xonadonga alohida isitish qozoni o‘rnatilgan. Bu xonadonlarda barqaror haroratni ta’minlash, gaz sarfini me’yor darajasida boshqarish jihatidan ham qulay. Uylar oldida bolalar o‘yin maydonchalari qurilgan.

9.jpg

Hududda bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. Bu yerda 2018-2020-yillarda «O‘zshahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi buyurtmasiga muvofiq, namunaviy loyihalar asosida yana 32 ko‘p qavatli uy quriladi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

Erkin Yodgorov, Tohir Istatov (surat), O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz