O‘zA O`zbek

14.09.2018 14:25 Chop etish versiyasi

Butun olamni jo qilgan yurak...

Butun olamni jo qilgan yurak...

Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy memorial majmuasiga ekskursiya uyushtirdi.

Unda Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova ham ishtirok etdi. “Butun olamni jo qilgan yurak” deb nomlangan koʻrgazmali tadbir boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Tatyana Karimovaga bilim yurti kursanti tomonidan yaratilgan Birinchi Prezidentning portreti, Islom Karimov bilan uchrashish baxtiga muyassar boʻlgan yana bir kursantning sheʼriy toʻplami va boshqa turdagi esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Uchrashuv davomida Tatyana Karimova bilim yurti qoʻmondonligi va kursantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini oʻzida aks ettirgan kitob va kataloglar hamda esdalik koʻkrak nishonlarini topshirdi.

Tadbir doirasida bilim yurti muzeyi mudirasi Shohista Ortiqova Islom Karimov nomli esdalik medali bilan taqdirlandi. Kursantlar tomonidan tayyorlangan sheʼr, kuy va qoʻshiqlar uchrashuvga zavq bagʻishladi.

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA
1 539