O‘zA O`zbek

02.02.2018 07:15 Chop etish versiyasi

Bugun

Bugun
2-fevral, juma, 2018-yilning o‘ttiz uchinchi kuni.

AQSh va Kanadada an’anaviy xalq bayrami-sug‘ur kuni, Ozarbayjonda yoshlar kuni sifatida bayram qilinadi.

Voqealar:

629-yil. Imperator Dzyomey Yaponiyaning 34-imperatori bo‘ldi.
1033-yil. Konrad II Burgundiya shohi bo‘ldi va toj kiydirildi.
1440-yil. Fridrix III Gabsburg Germaniya qiroli bo‘ldi.
1558-yil. Imperator Ferdinand I Yene universitetiga asos soldi.
1653-yil. Yangi Amsterdam (hozirgi Nyu-York) shahar maqomini oldi.
1709-yil. Aleksandr Selkirka to‘rt yil Mas-a-Terra orolida yashab, Robinzona Kruzo qiyofasini yaratdi.
1922-yil. Fransiyada Jeyms Joysning «Uliss» asari ilk bor chop etildi.
1970-yil. Myunxenda birinchi marta nerv tolalarini transplantatsiya operatsiyasi amalga oshirildi.
1971-yil. YuNESKO qarori bilan Suv - botqoq xududlari kuni deb e’lon qilindi.
1986-yil. Lixtenshteynda ayollar birinchi marta saylovlarda ishtirok etdi.
1998-yil. O‘zbekistonda Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etilgan.
2003-yil. Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun referendum o‘tkazildi.

Tug‘ilganlar:

1208-yil. Xayme I, Aragon qiroli.
1494-yil. Bona Sforsa, Polsha qirolichasi.
1802-yil. Jan Batist Bussengo, fransuz kimyogari, ilmiy agroximiya asoschilaridan biri.
1861-yil. Solomon Guggenxaym, Nyu-Yorkdagi zamonaviy san’at muzeyning asoschisi.
1866-yil. Enrike Simone, ispan tarixchi rassomi. Madriddagi qirol akademiyasining a’zosi.
1875-yil. Frits Kreysler, avstriyalik skripkachi, bastakor, skripka miniatyurasi ustasi.
1889-yil. Jan Mari Gabriyel Latr de Tassini, fransuz marshali.
1901-yil.Yasha Xeyfets, XX asrning mashhur skripkachisi.
1915-yil. Muhammad Sultonov, gelmintolog olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi, biologiya fanlari doktori.
1918-yil.  Xella Xaasse, niderlandiyalik yozuvchi, XX asr Niderlandiya adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri.
1926-yil. Valeri Jiskar d’Esten, fransuz davlat va jamoat arbobi, Fransiya Prezident (1974―1981yy).
1939-yil. Deyl Mortensen, amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi.
1946-yil. Alfa Umar Konare, Mali davlati davlat va jamoat arbobi, (1992―2002yy). Mali Prezidenti.
1952-yil. Pak Kin Xe, Koreya Respublikasining 11-prezidenti (2012 - 2017yy).

O‘zA
8 334