Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

26.04.2018 12:32 Chop etish versiyasi

Bu yil pilladan uch marotaba hosil olish boshlandi. Qashqadaryolik pillakorlar bunga tayyormi?

Bu yil pilladan uch marotaba hosil olish boshlandi. Qashqadaryolik pillakorlar bunga tayyormi?
Ilk mavsumda qashqadaryolik pillakorlar 33 ming quti ipak qurtini parvarishlab, 1 ming 800 tonna “kumush tola” olishni rejalashtirgan.

O‘tgan yili viloyatda 50 ming qutidan oshiq pilla boqilib, 3 ming tonnadan ziyod hosilni yig‘ib olish maqsad qilingandi. Yakunda esa olingan hosil soha mutaxassislarini qoniqtirmadi.

04.jpg

Viloyat “Agropilla” MCHJ raisi Rajabali Meyliyev soha mutasaddilari oldiga ipak qurti uchun mavjud ozuqa zaxiralarini, shart-sharoitlarni aniq hisob-kitob qilgan holda, balandparvoz raqamlar emas, real vaziyatga qarab ish ko‘rish talabi qo‘yilayotganini ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, hududlardagi shart-sharoit, ozuqa bazasi miqdorini o‘rganib chiqilgan va mavjud imkoniyatlarga asosan ipak qurti tarqatilgan. Endilikda bosqichma-bosqich tarzda imkoniyat oshirilib, shunga muvofiq ipak tola yetishtirish miqdori ham ko‘paytirilib boriladi.

Joriy yildan boshlab viloyatda ham pilladan uch marotaba hosil olish boshlandi. Birinchi mavsum ayni vaqtda davom etayotgan bo‘lsa, ikkinchi mavsum iyul-avgust, uchinchi mavsum esa oktyabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan.

02.jpg

Albatta, bu o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas. Buning uchun yetarli shart-sharoit, ozuqa zaxiralari kerak. Xo‘sh, viloyatda bu borada qanday amaliy ishlar qilinmoqda?

Viloyat “Agropilla” MCHJ ma’lum qilishicha, hududda 12 ta innovatsion pilla boqish maskani bunyod etiladi. Qarshi, Koson, Qamashi, Chiroqchi tumanlarida bittadan, Kitob, Kasbi, Shahrisabz hamda Yakkabog‘ tumanlarida esa ikkitadan zamonaviy pillaxonalar quriladi. Ushbu maskanlar har yili kamida 3 marta ipak qurti boqish imkonini beradi.

05.jpg

Shuningdek, yangi tutzorlarni barpo etish evaziga joriy yilda mavjud tut plantatsiyalari 3 ming 23 gektarga yetadi. 

06.jpg

2021-yilga borib 6 ming 300 gektardan oshiq tutzorlar paydo bo‘ladi. Bu degani, ayni vaqtdagi holatga nisbatan ipak qurti boqish uchun ozuqa zaxiralari qariyb 210 foizga oshadi.

O`zA
4 925