Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.10.2017 19:11 Chop etish versiyasi

Boshlang‘ich partiya tashkilotining saylovoldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 24-dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Ayni kunlarda saylovni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ana shunday yig‘ilish Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Mirobod tumani kengashiga qarashli «O‘zagrosanoatloyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyati boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, ayniqsa, partiyalarning shahar va tuman kengashlari faoliyatini yuksak bosqichga ko‘tarish, qonun qabul qilishda xalq bilan muloqot qilish tizimini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Bugunga qadar Mirobod tumani bo‘yicha O‘zLiDeP a’zolari 5 ming 700 dan ko‘pchilikni tashkil etadi, korxona va tashkilotlarda 137 boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.

Yig‘ilishda saylovoldi vazifalari xususida to‘xtalib, targ‘ibot guruhlaridagi partiya faollarini, partiya tomonidan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, kuzatuvchi hamda vakolatli vakillarini malakasini oshirish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etish, O'zLiDeP tuman kengashlari konferensiyalarini o‘tkazish, shuningdek, O‘zLiDeP targ‘ibot guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
2 496






Все о погоде - Pogoda.uz