Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.06.2018 11:33 Chop etish versiyasi

BOLALIK BAXTI

BOLALIK BAXTI (“1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bolajonlar tilidan qo‘shiq).

Orif To'xtash

Ko‘rkam Vatan qo‘ynida,
Ochildi gul-lolalar.
Madh etamiz shodlikni,
Biz baxtiyor bolalar.

Osmonimiz musaffo,
Tiniq otar tongimiz.
Kelajakka nur sochar -
Yolqin misol ongimiz.

Bolalikning sofligin,
Shalolaga qiyoslar.
Baxtimizni kuzatib
Chaqnab ketar quyoshlar.

Ko‘nglimizda hayajon,
Xurramlik – katta boylik.
Bolalikning qadriga
Bolalikda yetaylik!

Yayratadi dillarni,
O‘yin-kulgu, yallalar.
Quvonchimiz har dilda –
Kamalakday ranglanar.

Tinch bo‘lsin Yer kurrasi,
Olov qalblar gurlasin.
Madhiyadir olamga -
Bolalarning “urra”si!

Tinglang, yangragan xitob
Quvnoq o‘g‘il - qizniki.
Xo‘p desangiz, bir kunga -
Butun dunyo Bizniki!

1525511438_schastlivye-deti-2.jpg

O'zA
3 113