Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2018 14:01 Chop etish versiyasi

Bolalarga bag‘ishlangan ko‘razma-yarmarka

13-14-mart kunlari poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz"da maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel va boshqa jihozlar ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bog‘cha tarbiyalanuvchilarini ovqatlantirishni tashkil etishda shaffof, markazlashtirilgan ta’minot tizimini yaratishdan iborat.

Yarmarkada Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekoziqovqatxolding" kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa tashkilotlar tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarayotgan oziq-ovqat mahsulotlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari mahsulotlariga keng o‘rin beriladi.

Shuningdek, mahalliy korxonalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqariladigan, bolalarning intellektual qobiliyatini rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 762